Joriy ta’mirdan so`ng “Navoiy IES” AJning 450 MWtli bug`-gaz qurilmasi to`la quvvatda faoliyatini olib bormoqda.

Bugungi globallashuv jarayonlari butun dunyo davlatlarini o`z ichiga olayotgan bir paytda elektr va issiqlik energiyasisiz kundalik hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin, albatta. Bu o`z vaqtida har birimizdan energiya manbalaridan oqilona foydalanishni ham talab etadi. 

Mamlakatimiz aholisining energiyaga bo`lgan ehtiyojlarini to`la qondirish maqsadida yangi loyihalar muntazam ravishda ishga tushirilib kelinmoqda. Shunday loyihalardan biri “Navoiy IES” AJning 450 MWtli kombinatsiyalashgan siklli bug`-gaz qurilmasidir.

Qurilma 2017-2019 yillar mobaynida qurilib ishga kiritilgan. Ayni vaqtga kelib stansiyaning 46 nafar ishchi-xodimi tomonidan boshqariladigan mazkur bug`-gaz qurilmasida joriy yilning 23 martidan-28 mart sanasiga qadar joriy ta’mirdan chiqarildi. 

   “Mazkur ta’mirlash ishlarida 40 nafar xodimimiz ishtirok etdi. Muhimi biz o`z xodimlarimiz bilan birgalikda, xorijiy hamkorlarimizning ko`maklarisiz bunga erisha olganimizdan mamnunman. Ta’mirlash ishlari davomida gaz filtrlari yangilariga almashtirildi, ta’minlash nasoslari filtrlari tozalandi, gaz turbinasiga kiruvchi havo filtrlari yangilariga almashtirildi, qozondagi kamchiliklar bartaraf etildi. Umid qilamizki, mazkur ta’mirdan so`ng qurilmamiz uzluksiz samarali faoliyat olib boradi”,- deya fikr bildirdi BGQ katta ustasi Sirojiddin Xujaqulov.

“Navoiy IES” AJ jamoasi: yurtdoshlarimiz xonadonlari charog`on bo`lishi yo`lida hissamiz qo`shilishidan mamnunmiz.

        Javohir Hazratov,
        “Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati

Comments are closed